Maxfiylik siyosati
IdealAI (idealai.uz) sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni hurmat qiladi. Bu sahifa qaysi ma'lumotlarni yig'ishimiz va ulardan qanday foydalanishimizni tushuntiradi.
Qaysi ma'lumotlarni olamiz
- Ariza formasida: ism, telefon raqam, yosh guruhi, tanlangan format va tarif, izoh.
- 12-17 yoshdagilar uchun: ota-ona yoki qonuniy vakilning ismi va telefoni.
- Korporativ ariza uchun: tashkilot nomi, xodimlar soni va aloqa shaxsi.
- O'quvchi kabinetida: kirish uchun telefon raqam, dars progressi va yuborilgan topshiriqlar.
Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
- Ariza ma'lumotlari faqat siz bilan bog'lanish, guruh va to'lov haqida ma'lumot berish uchun ishlatiladi.
- Kabinet ma'lumotlari faqat o'qish jarayonini tashkil qilish va sertifikat berish uchun ishlatiladi.
- Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
Sertifikatni tekshirish
Sertifikat tekshiruv sahifasida faqat ism, kurs, tarif, sana va sertifikat holati ko'rsatiladi. Telefon raqamingiz u yerda ko'rsatilmaydi.
Ma'lumotni o'chirish
Arizangizni yoki ma'lumotlaringizni o'chirishni istasangiz, biz bilan bog'laning. Telefon: +998 93 090 90 70.